«Latsio» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Saudiya Arabistonidan foydali taklif olganini, ammo uni rad etganini aytdi.
— Men Saudiya klubining vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdim. U yerda men bir oyda «Latsio»dagi bir yillik maoshimni olishim mumkin edi. Lekin men har doim yuragim chaqirig‘iga ergashaman, pulga emas, deb aytib kelganman. Ular qancha pul taklif qilishidan qat’i nazar, bu meni qiziqtirmaydi. Men har doim futbol bilan ishtiyoq uchun shug‘ullanganman, hozir esa faqat pul uchun ishlashni istamayman.
Bu taklif menda hech qanday hissiy reaksiya uyg‘otmadi, meni umuman hayajonlantirmadi. U yerda ishlash menga qiyin bo‘lardi, — deya Sarri so‘zlarini keltiradi Football Italia.