Texnologiya asrida internet kirib bormagan jamiyatning o‘zi bo‘lmasa kerak. Global tarmoq kim uchundir axborot manbai, yana kimdir uchun do‘st orttirish hamda ish qidirish platformasiga aylanib ulgurgan. Ammo inrernetda keng tarqalgan onlayn video o‘yinlarni soatlab o‘ynash ayrim yoshlarning sevimli mashg‘ulotiga aylanib ulgurdi. Bugun video o‘yinlarni o‘ynaydiganlarning aksariyati yosh bolalar, o‘smirlar, voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi va ularning soni kundan kun ko‘paymoqda. Chunki bu onlayn o‘yinlar o‘ziga qaramlik xususiyatiga ega bo‘gan o‘yinlardir. O‘yinlarni o‘ynagan sari unga bo’lgan qaramligi oshadi va o‘yinchilarning psixologiyasiga ta’sir qilib, to‘xtovsiz o‘yinga berilib ketishiga olib keladi. Ushbu o‘yinlarni ishlab chiqargan dasturchilar o‘yinchi butkul o‘yinga bog‘lash maqsadida ovozli aloqa va chat orqali yozishish imkoniyatlarini kiritgan. Natijada “geymer”lar jarayonda reja va strategiya tuzib deyarli o‘yin ichiga kirib ketishadi. 

  Kompyuter oʻyinlariga qaramlikni shakllantirishning “patofiziologik” mexanizmi muayyan miyadagi zavqlanish markazlarini ragʻbatlantirishga asoslangan. Bunday patologik holat virtual olamga tashrif chogʻida eyforiya hissi shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Oʻyinlarga tobe boʻlgan bemorlar kompyuter oldida qolish vaqtlarini rejalashtira olmaydi.

Odam oʻyinlarga birdan qaram boʻlib qolmaydi. U bir necha bosqichda sodir boʻladi va ularning har biri muayyan belgilar va tobe insonning xatti-harakatlari bilan tavsiflanadi.

Oʻyinlarga qaramlik bosqichma-bosqich rivojlanadi va baʼzan 3 yildan 7 yilgacha davom etishi mumkin. Oʻyinlarning befoydaligini tushuna boshlasa ham, ularga boʻlgan tobeligi kuchaygan sari, kompyuter oʻyinlaridan voz kecha olmay qoladi. U tez-tez real hayotdan qochib, hayoliy olamiga shoʻngʻib ketadi, oʻz qahramonining rolini zimmasiga olib, uning hayoti bilan yashaydi. Natijada uxlash va uyg‘onish davrizim uchun mas’ul bo’lgan “sirkadiyalik” ritmimiz uzoq davom etgan o‘yindan buzilishi mumkin. Bu esa kayfiyat o‘zgaruvchanligiga va odamlarda tajovuskorlik kuchayishiga olib keladi. Pokiston telekommunikatsiya idorasi yaqinda onlayin o‘yinlarni o‘ziga qaramlilik va uning salbiy ta’siri tufayli ta’qiqladi, chunki yaqinda yosh o’yinchilar o’z joniga qasd qilishdi. Bundan tashqari, butun dunyoda shunga o‘xshash o‘lim hodisalari aniqlangan. Misol uchun, BAA’da 16 yoshli bolaning yurak tutilishi tufayli hayotdan ko’z yumgani ma’lum qilingan. “Khaleej Times” xabarlarida, bola otasining so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lganidan oldin bola so‘nggi 6 soat davomida onlayn o‘yin o‘ynagan. Ayniqsa, ruhiy salomatlik haqida gapiradigan bo‘lsak, 2018 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti video o‘yinlarga qaramlikni ruhiy zo‘riqish kasalligi sifatida kiritdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, video o‘yinlar ko’p odamlarda depressiyaga sabab bo’lishi va qaram bo‘lgan odamlar ijtimoiy o‘zaro ta’sir tufayli osongina stressga tushishi yoki jamoat joylarida tashvishli muammolarga duch kelishi mumkin. Odamlar o‘yindan ilhomlanib, o‘zlarining o‘yin tajribasini real hayotda qo‘llash tendentsiyasini rivojlantirdi.

Bunga misol, Yangi Zelandiyadagi masjidda sodir bo‘lgan ommaviy otishmadir. Unda otishmani sodir etgan odam onlayn o’yinlardagi qahramon singari kiyingan va jihozlangan hamda 40 dan ortiq odamni o‘ldirgan. U otishmada o‘zi bilan olib yurgan veb-kamerasiga voqeani yozib olgan.

Bu so‘zlarimdan keyin internetdagi onlayn o‘yinlarning zarari bo‘sa bo‘ladiki, foydasi yo‘q ekanda deyayotgandirsiz, yo‘q albata video o‘yinlarning ham foydasi bor, masalan tezkor fikrlashni oshrish, kampyuterdan foydalanish ko‘nikmasi, tezkor qaror qabul qilish, IQ darajasini oshrishga sabab bo’ladi, ammo bizni internetdagi onlayn video o‘yinlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq tashvishlantiradi.

Bugun farzandingizni bu o‘yinlardan cheklay olmaysiz, chunki bizning har qadamimizda internet tarmog‘iga ehtiyoj sezamiz.  Shunday ekan farzandingizni yuqorida keltirilgan bolalar qatoriga qo‘shishni istamasangiz ularga ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgating. Kelajagingizga bee’tibor bo‘lmang. 

 Muallif: Isroil QURDOSHEV