Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sultoniya” ko‘chasida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026 yil 12 yanvarga qadar avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Shuningdek, “Sultoniya” ko‘chasiga tutash “Sho‘rtepa”, “Sho‘rtepa 1-tor” hamda “Sultoniya 5-tor” ko‘chalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi.
Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘z avtoulovlari orqali “Buyuk ipak yo‘li” ko‘chasi orqali kirib-chiqishlari mumkin bo‘ladi.