2029 yil 1 fevralgacha zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar beriladi. Ish o‘rinlari soniga qarab qimmatbaho metall va oltin xaridida 1–4 foizgacha chegirma qo‘llanadi.
2025 yilda soha tadbirkorlari soni qariyb 4 barobarga oshdi. Tayyor zargarlik mahsulotlari eksporti 5,1 tonnaga, qiymat ifodasida esa 439 mln dollarga yetib, 4,7 barobar o‘sdi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ma’lum qilindi.