Hukumat qaroriga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangan. U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li ham Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga loyiq ko‘rilgan. U bungacha agentlikning Moliya-iqtisodiyot hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Ta’kidlanishicha, Kasbiy ta’lim agentligi respublikada kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, sohani moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish bilan shug‘ullanadi.