Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Janubiy Amerikaning kuchli vakiliga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Timur Kapadze shogirdlari yaqin vaqt ichida ikki karra jahon chempioni — Urugvay termasiga qarshi bahs olib boradi. Ilk Jahon chempionlariga hozirda mashhur argentinalik mutaxassis Marselo Belsa bosh murabbiylik qilmoqda.
Bu ikki jamoa tarixda avval ham to‘qnash kelgan. 2018 va 2019-yillarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida urugvayliklar har ikki safar 3:0 hisobida zafar quchgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston oktabr oyidagi FIFA kunlarida Argentina bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.