AQShda boʻlib oʻtayotgan klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final uchrashuvlari boshlandi.
Birinchi uchrashuvda Braziliyaning ikki jamoasi – “Palmeyras” va “Botafogo” jamoalari oʻzaro bahs olib bordi va “Palmeyras” ekstra-taymda kiritilgan Paulinoning yagona goli evaziga chorak finalga yoʻl oldi.
Kun doirasida oʻtgan navbatdagi uchrashuvda “Benfika” “Chelsi”ga qarshi bahs olib bordi. Dastlab, londonliklar hisobni ochishdi biroq oxiriga yaqin noqulay ob-havo tufayli oʻyin toʻxtatildi. Qayta boshlangandan soʻng Portugaliya klubi oʻyin soʻngida raqib darvozasini ishgʻol etib, ekstra-taymlarga oʻyinni olib bordi. Biroq “Benfika” bir kishi kam boʻlib qolganligi uchun qoʻshimcha boʻlimlarda 3 bor oʻz darvozasidan toʻp olib chiqdi, yakuniy hisob 1:4.
Shunday qilib, kechagi uchrashuvlarda gʻalaba qozongan “Palmeyras” va “Chelsi” oʻzaro chorak final yoʻllanmasi uchun kurashadi.