"Al-Nassr" Krishtianu Ronaldu bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi kelgusi ikki yil ichida 500 million yevrodan ortiq daromad olishi mumkin.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Ronalduning yillik maoshi 206 million yevroga teng. Shuningdek, u klubda qolgan taqdirda bonus tariqasida qo‘shimcha 28,5 million yevro, keyinchalik esa 44 million yevrogacha oladi. Bundan tashqari, futbolchiga “Al-Nassr” aksiyalarining 15 foizi beriladi. Ularning qiymati 38 million yevroga baholangan.
Kelishuvda yutuqlar uchun ham alohida rag‘batlantirish tizimi ham mavjud:
Saudiya Pro-ligasida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritsa – 4,6 million yevro,
Klub bilan sovrin yutgan taqdirda – 9,2 million yevro bonus belgilanadi.
Ronaldu Saudiya kompaniyalari bilan homiylik shartnomalari orqali yana 70 million yevrogacha daromad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, uning shaxsiy xizmatida 16 nafar xodim faoliyat yuritadi: 3 haydovchi, 4 xizmatchi, 2 oshpaz, 3 bog‘bon va 4 qo‘riqchi.
Umumiy qilib aytganda Ronaldu 1 yilda 270 000 000 $, 1 kunda 739 726 $, 1 soatda 30 822 $,1 daqiqada 513 $, va 1 soniyada 8.55 $ ishlab topadi!