“Fluminense”ga qarshi 0:2 hisobida mag‘lubiyatdan so‘ng “Inter” sardori Lautaro Martines keskin bayonot berdi.
“Men sovrinlar uchun kurashishni istayman. Kim 'Inter'da qolmoqchi bo‘lsa – xush kelibsiz. Biz oldinga yurishda davom etamiz. Qolishni xohlamaganlar esa hozirdanoq ketaversin. Bizga faqat bu klub sha’nini himoya qilishga tayyor futbolchilar kerak,” – dedi argentinalik hujumchi.
“Inter” prezidenti Bepppe Marotta Lautaroga qo‘shilib, vaziyatga aniqlik kiritdi:
“Lautaroning so‘zlari aniq emasdek tuyulgan bo‘lishi mumkin. Lekin men ochiq ayta olaman – bu Hakan Chalhanog‘lu haqida. Biz u bilan suhbatlashamiz. Agar xayrlashish kerak bo‘lsa, bu biz uchun muammo bo‘lmaydi,” – dedi klub rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Hakan Chalhanog‘lu yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.