Kecha klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final uchrashuvlari davom ettirildi.
Dastlabki bahsda PSJ “Inter” Mayami”ni yirik, 4:0 hisobida magʻlub etdi. Parijliklar birinchi taymdayoq uchrashuv taqdirini hal qilib qoʻydi va ikkinchi taymda kuch tejab harakat qildi.
PSJning chorak finaldagi raqibini aniqlab beradigan bahsda ”Bavariya” ancha qiziqarli kechgan uchrashuvda Braziliyaning “Fluminense” jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etdi.
Shu tariqa chorak finalda PSJ – “Bavariya” juftligi oʻzaro yarim final yoʻllanmasi uchun kurashadi.
Maʼlumot uchun, ushbu uchrashuv 5-iyul kuni boʻlib oʻtadi.