22 yoshli ispaniyalik futbolchi Niko Uilyamsning “Atletik”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi. Sabab futbolchining haddan tashqari yuqori talablaridir.

Manbalarga ko‘ra, Uilyams nafaqat katta maosh so‘ragan, balki “Barselona”dan uni La Ligaga muammosiz ro‘yxatdan o‘tkazishga kafolat ham talab qilgan. Klub esa bu shartlarni nomaqbul deb hisoblamoqda.

Maʼlumot uchun, kataloniyaliklar yangi futbolchilarni federatsiya bilan alohida kelishuv asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shuning uchun jamoa Uilyamsning umumiy kafolat talabini rad etishgan.

Shuningdek, hozirda Uilyamsga “Bavariya” va “PSJ” klublari ham qiziqish bildirmoqda.