Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final uchinchi kungi bahslari sensatsion tarzda yakunlandi.
Dastlabki bahsda Braziliyaning “Fluminense” jamoasi “Inter”ni 2:0 hisobida magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi.
Ikkinchi uchrashuvda esa “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga ekstra-taymlarda imkoniyatni boy berib qoʻydi. Asosiy vaqtda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi, ekstra-taymlarning birinchi boʻlimida jamoalar yana bittadan gol kiritishdi va soʻngi boʻlimda saudiyaliklar 4-golni ham kiritdi. Gvardiola jamoasi bu safar javob bera olmadi va shu tariqa turnirdagi ishtirokini nimchorak finalda toʻxtatdi.
Shunday qilib, chorak finalda “Fluminense” hamda “Al-Hilol” oʻzaro yarim final yoʻllanmasi uchun kurashadi.