2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Lionel Messi klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalisti Esteban Edul xabar bermoqda.

“Messi ayni damda yangi klub izlash variantlarini ko‘rib chiqmoqda,” – deydi Edul.

Dastlab argentinalik yulduzning “Inter Mayami”da qolishi kutilgan edi. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muzlagan.

Jurnalistning fikricha, Messi faoliyatini sobiq jamoalari – “Barselona” yoki “Nyuells Old Boyz”da davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023-yildan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda va mayamiliklar safida barcha musobaqalarda 63 oʻyinda maydonga tushib, 50 ta gol kiritgan va 23 bor jamoadoshlariga golli uzatmani amalga oshirgan.