FIFA 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish istagida bo‘lgan davlatlar arizasini qabul qilishni boshladi.

Rasmiylarga ko‘ra, O’zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari FIFAga rasmiy ariza topshirgan. FIFA barcha arizalarni qabul qilib, 2026-yilda mezbon mamlakatni e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, FIFA prezidenti Janni Infantino esa o’tgan yilgi Toshkentda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Jahon chempionatini “eng yaxshi tashkil etilgan musobaqa” deya baholagan edi