Maʼlum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) nomiga kelgan 885 ta murojaat ko‘rib chiqilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 foizga ko‘p).
Shundan:
➡️20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan;
➡️Bolalar ombudsmani ushbu davrda 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaatini ko‘rib chiqqan;
➡️Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan;
➡️Internet tarmog‘i monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holati yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan;
➡️Ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar bo‘yicha
5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiyaga qaytarilishiga erishilgan;
➡️Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga bo‘lib turgan shaharlarida zarur shart-sharoitlar ta’minlanib, so‘ng O‘zbekistonga qaytarilgan.