Italiyalik murabbiy Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti murabbiylik faoliyatini mustaqil ravishda boshlaydi. U Braziliyaning “Botafogo” klubi bilan kelishuvga erishdi.

Bu haqda mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Davide bungacha otasi bilan birga “Real Madrid”, “Bavariya”, “PSJ” klublarida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Endilikda esa u “Botafogo”da bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti yaqinda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.