Florida klubi MLS doirasidagi o‘yinda “Monreal”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Messi ushbu bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bitta golli uzatma berdi. Luis Suares esa bir golga hissa qo‘shdi.

Shuningdek, Leo o‘yin yakunida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.