2025-yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistonida ziyorat qilgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyoratchilar Saudiya Arabistonidagi haroratning keskin ko‘tarilishi, jismoniy zo‘riqish va sog‘liq bilan bog‘liq turli muammolar sabab hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq, 2024-yilgi Haj mavsumida ham 10 nafar o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu yilgi holatda esa delegatsiya tomonidan ziyoratchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish va issiqlikdan himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilganini bildirgan.