“Paxtakor” futbolchisi Muhammadali Oʻrinboyev yaqin vaqt ichida Belgiyaning “Antverpen” jamoasi aʼzosiga aylanadi.
Manbalarga koʻra, hozirda futbolchi viza masalasi hal boʻlishini kutmoqda. Tomonlar oʻrtasida 3-4 yillik shartnoma imzolanishi aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, “Antverpen” yakunlangan mavsumda Belgiya chempionatida 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan.