Mashhur insayder Fabriso Romano maʼlum qilishicha, “Barselona” “Atletik Bilbao” vingeri Niko Uilyams bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Tomonlar 2031-yilning yozigacha boʻlgan 6 yillik bitimga imzo chekmoqda. Futbolchining yillik maoshi 7-8 million yevro atrofida bo‘ladi.
Hozirda “Barselona” “Atletik Bilbao” bilan moliyaviy shartlar borasida muzokaralarni yakunlash ustida ishlamoqda.