Super yarimo‘rta vazn toifasining WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq chempioni Isroil Madrimov oyogʻidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Bokschi Germaniyadagi Ostsee-Sport-Klinik shifoxonasida operatsiya stoliga yotdi. Operatsiyadan soʻng Madrimov "Alhamdulillah, operatsiya yaxshi o‘tdi", – deya ijtimoiy tarmoqlariga post joyladi.
Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov so‘nggi jangini 22-fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida amerikalik Virjil Ortisga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.