Turkiyaning "Bashakshehir" klubi Moskva SSKA klubida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullaev va Italiyaning "Roma" klubida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov uchun rasmiy transfer takliflarini yubordi.
Turk jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, Fayzullaev bo‘yicha rasmiy taklif allaqachon taqdim etilgan bo‘lsa, Shomurodov transferida tomonlar kelishuvga juda yaqinlashgan.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, ikki o‘zbekistonlik futbolchi Turkiya jamoasida to‘p surishi mumkin.