Xavfsizlik Oʻzbekistonda toʻqqiz yildan buyon qidiruvda boʻlgan “Jihodchilar” oqimi aʼzosi 6,5 yilga qamaldi

Oʻzbekistonda toʻqqiz yildan buyon qidiruvda boʻlgan “Jihodchilar” oqimi aʼzosi 6,5 yilga qamaldi

2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan diniy oqim aʼzosi qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Sud hukmi bilan A.Abdurahmonovga 6 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012-yillarda Rossiyada ishlab yurgan vaqtda mazkur diniy oqim taʼsiriga tushib, uning aʼzosi boʻlgan. Fargʻona shahrida akasi va bir qator shaxslardan iborat oqimning “jamoati”ni tashkil qilgan. Uning yigʻilishlarida faol ishtirok etib kelgan. Yigʻilishlarda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari hamda boshqa diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzalar, video va roliklar muhokama qilingan.