Ichki ishlar Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor profilaktik chora-tadbirlar davomida 35 nafar uyushgan jinoiy tuzulmalarga...

Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor profilaktik chora-tadbirlar davomida 35 nafar uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslarning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlar oʻtkazildi

Fargʻona shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni jilovlash, uni oldini olish va barham berish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish borasida maxsus profilaktik va tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Viloyat IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan ana shunday tadbirlarda, 35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxslarning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlar oʻtkazilib, ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.

15 ta jinoyat va 24 ta maʼmuriy huquqbuzarliklarga barham berildi deya xabar bermoqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati