Istanbuldagi Oʻzbekiston bosh konsulxonasi oʻzbekistonlik ayollarni kafe va barlarda konsomatris boʻlib ishlamaslikka chaqirdi.
“Paviyon” (tungi kafe) xodimlari yosh qizlarni kelgan mijozlariga oʻz narxidan oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq-ovqat oldirish uchun yollamoqda”, deyiladi konsullik xabarida.
Taʼkidlanishicha, bu uchun xorijliklar Turkiyadan deport qilinishi mumkin.