Sud-huquq Transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

Transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

10-apreldan hozirga qadar respublika bo’ylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazilgan. Shundan 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln soʻm jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha toʻxtatilgan.
Bu “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi doirasida o’tkazilmoqda. Mazkur bosqich 10-mayga qadar davom etadi.
Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan oʻtkazish belgilangan.