Ichki ishlar Namanganda mobil ilova orqali sodir etilgan oʻgʻirlik fosh etildi

Namanganda mobil ilova orqali sodir etilgan oʻgʻirlik fosh etildi

Namangan viloyati Norin tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 30-aprel kuni Norin tumanida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan fuqaroning “TBC BANK” bankidan rasmiylashtirilgan bank plastik kartasidan “UZUMBANK PEREVOD” mobil ilovasi orqali 3.111.000 soʻm pullarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan 2 nafar shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Viloyat IIB Axborot xizmati xabar berishicha hozirda mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.