O’zbekiston Qoraqalpog‘iston uchun besh strategik maqsadlarni o‘z ichiga olgan 7 yillik dastur ishlab...

Qoraqalpog‘iston uchun besh strategik maqsadlarni o‘z ichiga olgan 7 yillik dastur ishlab chiqiladi

Chimboy tumani 5-sonli bolalar musiqa maktabida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Bayrambay Otemuratov saylovchilar bilan uchrashdi. Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi hamda nomzodning qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvida qayd etgan maqsadlari bilan tanishtirdi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun besh strategik maqsadlarni o‘z ichiga olgan yetti yillik dastur belgilab olinadi, unga jami 25 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. 2030-yilga borib hudud iqtisodiyotini 2 barobar oshirib, 160 milliard dollarga yetkaziladi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshiriladi. Buning natijasida O‘zbekiston “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga albatta kiradi.

Uchrashuvda ilgari surilgan beshta ustuvor maqsadlarning barchasi inson omili, uning farovon hayot kechirishi uchunligi e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlarning barchasi bir ovozdan Yangi O‘zbekistonimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida butun hayoti, halol mehnatini ayamay xizmat qilib kelayotgan muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini bo‘lajak saylovda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.