O’zbekiston Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

Davlat rahbari har bir ayol uchun munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 3-may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda ishchilarining 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat 669 ta korxona hamda 8 ming 300 nafar yakka tartibdagi tadbirkor bor. 1-2 may kunlari poytaxtda o‘tkazilgan “Inson uchun” nomli ko‘rgazmada ularning mahsulotlari namoyish etilib, 360 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi.
Bu borada aholiga keng imkoniyat yaratish maqsadida xodimlari sonining kamida 50 foizi nogironligi bor shaxslardan iborat bo‘lgan barcha tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning mahsulotlarini davlat buyurtmasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Buning natijasida 3 mingga yaqin tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha 20 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash imkoni yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po dalneyshemu sovershenstvovaniyu sistemi sotsialnogo obslujivaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, jamiyatda har uch ayoldan biri zo‘ravonlikning muayan shakliga uchramoqda. Shuning uchun rivojlangan davlatlarda bunday shaxslarga tezkor psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bois zo‘ravonlik holatlarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning 3 bosqichli yangi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, mahalla darajasida ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati o‘rganilib, doimiy kuzatib boriladi. Tuman miqyosida “Inson” markazlarida himoya orderi talab qilmasdan psixologik, huquqiy va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Shifoxonalarning shoshilinch bo‘limlarida birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.

Viloyat darajasida reabilitatsiya markazlarida ariza talab etmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq 6 oygacha boshpana va chuqur reabilitatsiya qilish uchun psixologik va huquqiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, ta’lim va mehnat munosabatlarida zo‘ravonlikning oldini olish choralari ham ko‘riladi. Bunda himoya orderini berish bilan bir vaqtda zo‘ravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi va “Inson” markazi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlarning reyestrini yuritish tartibi joriy etiladi.

Zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar standarti ishlab chiqiladi. Bu sohada nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlantiriladi.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni manzilli yo‘lga qo‘yish, har bir ayol uchun munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.