Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.P. fuqaro F.D.ning ishonchigi kirib, uni tanishlari yordamida “L.” MCHJning viloyat filialiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, R.P.ning ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.