Madaniyat XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida yosh kinoijodkorlar oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan “Kino...

XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida yosh kinoijodkorlar oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan “Kino 5 kunda” tanlovi boʻlib oʻtadi

Bu yil tanlovda MDH mamlakatlari – Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya va Tojikistonning 7 ta oliy oʻquv yurtidan 14 nafar yosh kinoijodkorlar ishtirok etadi.

23-sentyabr kuni Toshkent shahridagi yangi Ivent Hall binosining birinchi qavatida “Kino besh kun ichida” xalqaro yoshlar tanlovining bolanishiga bagʻishlangan maxsus matbuot anjumani tashkil etiladi.

Matbuot anjumani davomida rasmiy shaxslar, hakamlar hayʼati aʼzolari, shuningdek, tanlov ishtirokchilarining oʻzlarining tabrik soʻzlari bilan chiqishadi.

24-sentyabr sanasida ishtirokchilar respublikaning madaniy va tarixiy ahamiyatga ega joylariga borib, u yerda “Oʻzbekiston – mening orzuim!” mavzusida oʻz filmlarini suratga olishadi.

• Armaniston – Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi
• Ozarbayjon – Shahrisabzdagi Oq Saroy saroyi
• Qozogʻiston – Buxorodagi Ark qalʼasi
• Qirgʻiziston – Namangandagi Axsikent shahristoni
• Moldova – Buxorodagi Sitorai Mohi xosa saroyi
• Rossiya – Margʻilan shoyi toʻqish fabrikasi
• Tojikiston – Toshkentdagi Hazrati Imom ansambli

Nizomga koʻra, ikki kishidan iborat har bir jamoaga yetti nafar yosh mahalliy kino mutaxassislaridan iborat suratga olish guruhi biriktiriladi. Ishtirokchilarga film tayyorlash uchun besh kun – suratga olish jarayoni uchun uch kun, montaj uchun bir kun vaqt va dublyaj uchun beshinchi kun ajratiladi.

Tanlov ishtirokchilarining asarlari jahon kinosining haqiqiy ustalari tomonidan munosib baholanadi. Taniqli va suyukli oʻzbek rejissyorlaridan biri Ali Hamroyev hakamlar hayʼati raisi vazifasini bajaradi. Hakamlar hayʼati tarkibiga shuningdek quyidagi ijodkorlar kiritilgan:
• Eng nomdor rossiyalik rejissyorlardan biri, Venetsiya va Kann kinofestivallari sovrindori Aleksandr Sokurov;
• Afgʻonistonlik kinorejissyor va prodyuser, “Oltin globus” va Kann kinofestivallari mukofotlari sovrindori Siddiq Barmak;
• Mashhur oʻzbek kinorejissyori Shuhrat Mahmudov;
• Mashhur turkman rejissyori Xoʻjaquli Narliyev.

30-sentyabr kuni soat 16:15 da Toshkent Kinochilar uyining majlislar zalida “Kino 5 kunda” tanlov loyihalari boʻyicha ishlarning yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Talov gʻoliblarini taqdirlash mkrosimi va open air, 1-oktyabr kuni soat 17:00 da Kinochilar uyi amfiteatrida oʻtkaziladi.

“Kino 5 kunda” tanlovi Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida uchinchi bor oʻtkazilmoqda. 2021-yilda tanlovda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan. Jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Qozogʻiston, Keniya, Qirgʻiziston, Marokash, Meksika, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Filippin, Fransiya, Shveysariya, Estoniya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan tashrif buyurgan ijoduorlar oʻz ishlarini namoyish etishgan. 2022-yilda Ozarbayjon, Belarus, Moldova, Rossiya, Hindiston, Isroil, Janubiy Koreya, Ruminiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari musobaqa sovrinlari uchun kurash olib borishgan. Oʻzbekiston jamoalari ikki yil ketma-ket gʻolib voʻlga kiritishgan. Bu yil oʻzbek kinoijodkorlari tanlovda qainshmayapti, ular oʻzaro bellashadi.

Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, “Kino 5 kunda” dasturining asosiy maqsadi, yosh kinoijodkorlarni yangi filmlar yaratishga undash, xorijlik hamkasblarini Oʻzbekiston anʼanalari va madaniyati bilan tanishtirishdan iborat.