Madaniyat Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi

Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi

Uni Tokio chet tillar universiteti xodimi Hidaka Shinsuke ishlab chiqdi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Qo‘llanma lotin alifbosi asosida yozilgan bo‘lib, 160 sahifa va 20 ta darslikdan iborat.
Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar ham tayyorlandi.
Qo‘llanma 29-yanvarda sotuvga chiqariladi.