Shou-biznes Shavkat Mirziyoyev tavsiyasi bilan besh nafar bag‘dodlik yoshlar oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga...

Shavkat Mirziyoyev tavsiyasi bilan besh nafar bag‘dodlik yoshlar oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida yashovchi 5 nafar yoshlar, jumladan Davlatoy Qo‘rchiyeva Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Oygul Saminjonova Toshkent davlat moliya instituti, Omadbek Turg‘unboyev Toshkent davlat stomatologiya institutining bakalavriat yo‘nalishiga, Hojiahror G‘iyosiddinov Farg‘ona davlat universiteti, Dilyoraxon Turg‘unboyeva Toshkent davlat pedagogika universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va oliy ta’lim muassasalari rektorlari mazkur mahallada bo‘lib, davlatimiz rahbarining tavsiyasi asosida yoshlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqidagi sertifikatlarni topshirdi.