Shou-biznes Toshkentda tirbandliklarga sabab bo‘layotgan ko‘chalarda ta’mirlash ishlari qachon tugashi ma’lum qilindi

Toshkentda tirbandliklarga sabab bo‘layotgan ko‘chalarda ta’mirlash ishlari qachon tugashi ma’lum qilindi

Toshkent shahri markazida tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi taʼmirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari tugatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishlar doirasida asfalt qoplamasini yangi texnologiyalar asosida yangilash, yangi yo‘lusti belgilarini chizish, hududga qo‘shimcha daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan.