Ichki ishlar 20 yoshli bloger vafot etdi. Uning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi...

20 yoshli bloger vafot etdi. Uning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi

19-iyul kuni Instagram’da millionga yaqin obunachisi bo‘lgan blogger asad_algo vafot etdi. Bu haqda uning yaqin do’sti Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov izoh berdi.

“Asad Algo” nomi bilan tanilgan 20 yoshli bloger vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, – deyilgan xabarda.