O’zbekiston Mirziyoyev Germaniyaga safarni Shols bilan muzokaradan boshladi

Mirziyoyev Germaniyaga safarni Shols bilan muzokaradan boshladi

Kansler bilan muzokaralarda:

🔸Qoʻshma biznes-forumda 9 mlrd $lik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalar boʻyicha kelishuvga erishilgani taʼkidlandi;

🔸Germaniya Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishini hamda YEI bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imkon qadar tez imzolashi aytildi.

🔸“Germaniya – Markaziy Osiyo” formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi.

🔸Mintaqada Afgʻonistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

🔸Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlaydigan Transkaspiy yoʻlagini rivojlantirish haqida fikr bildirdi.

🔸Germaniya Oʻzbekistonda nemis tilini oʻqitishni kengaytirishga texnik koʻmak koʻrsatishiga kelishib olindi.

🔸Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, taʼlim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.