“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Romitan tumanida keng koʻlamli tadbir boʻlib oʻtdi
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan hech bir kishini xotirasidan forigʻ qilmaydi.
Jasorat egalarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning fidokorona mehnati, tinchlikning qadriga yetish, musaffo osmon, tinch-osoyishta hayot, farovon turmush uchun shukronalik xalqimizga xos azaliy odat.
Bugun “9-may – Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida yaratilgan buyuk Gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan Romitan tuman markazida “Xotira va Istirohat bogʻi”da keng koʻlamli tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligidagi sektorlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tumandagi tashkilot, qonunlar, yoshlar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, otaxonlar va keng ishtirokchilar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Umedjon Barnoyev soʻzga chiqib, vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi fidokorlar, jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga tirom koʻrsatib, bugungi tinch-osoyishta hayotimiz uchun rahmat, bugungi tinch-osoyishta hayotimiz uchun rahmat. ma’lum qildi.
Tadbir doirasida tuman hokimi va tashabbusi bilan “Xo‘jalik Istirohat bog‘i” da qisqa davr ichida jahon urushida halok bo‘lgan O‘zbekistonlik, qolaversa tumanimiz jangchilari xotirasiga bag‘ishlab “Motamsaro ona” haykali monumentining ochilish marosimi mehnat faxriylari hamda nuroniy otaxonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shunda soʻng, Davlat madhiyasi yangrab, “MOTAMSARO ONA” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, hurmat bajo keltirildi.
Gul qoʻyish hamda ochilish marosimida yaxshi niyatlar bilan qurʼon tilovat qilinib, aholi, mehnatiylari va nuroniy otaxonlar uchun bir piyola choy ustida dasturxon yozildi. Tuman Madaniyat markazi boʻlimidagi sahna koʻrinishlari va konsert dasturlari namoyish etildi.