O’zbekiston Senatda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi

Senatda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi

Bugun Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati, Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.

Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.