Ichki ishlar “Zarbdor 40 kunlik” doirasida Fargʻona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash...

“Zarbdor 40 kunlik” doirasida Fargʻona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda

Olingan tezkor maʼlumotlar asosida kriminogen muhitda mavqega ega boʻlgan 248 nafar shaxslarning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash boʻyicha 106-marta faol tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlandi.
Mazkur tadbirlar davomida, 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari:
78 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar,
41 ta qurol, oʻq dorilar va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ashyolar olindi.
45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar;
Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan 22 nafar shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.
Misol uchun, joriy yilning 22-noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzaraximov oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Oʻtkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qoʻlga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Joriy yilning 27-noyabr kuni esa, sportning jangovar turi bilan shugʻullangan X.Toʻhtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi shaxslarni yigʻib, Qoʻqon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda, tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Shuningdek, Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yoʻllar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qoʻlga olinib, tergov organlariga topshirildi.