Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon kadastri vazifasida ishlovchi I.I. fuqaro F.S.ga ushbu o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 2 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.