Sport va turizm Samarqandda markaziy Osiyo jamoalari qit’a chempionati yo‘llanmasi uchun bellashmoqda

Samarqandda markaziy Osiyo jamoalari qit’a chempionati yo‘llanmasi uchun bellashmoqda

Samarqand shahridagi yengil atletika va o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi saralash bahslariga start berildi.

Musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari joriy yilning sentyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib bormoqda.

Bahslar 30-iyunga qadar davom etadi.