Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritildi.
Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritilgan. Ularning 5 tasi Andijon viloyatida, 2 tasi Namangan viloyatida, 3 tasi esa Toshkent shahrida joylashgan.
Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingi:
Turoperatorlar nomi | Hudud | Reyting |
“SULTAN TRAVEL 2022” MChJ | Andijon viloyati | 100% |
“FIVE STAR TRAVEL” MChJ | Toshkent shahri | 78% |
“MG TUR” MChJ | Andijon viloyati | 44% |
“ASIALUXE TRAVEL” MChJ | Toshkent shahri | 33% |
“HUMOYUN-TOUR” MChJ | Andijon viloyati | 0% |
“IHLOS TRAVEL 1” MChJ | Andijon viloyati | 0% |
“AZIYA TRAVEL AND” MChJ | Andijon viloyati | 0% |
“ARABIA AGENCY” XK | Toshkent shahri | 0% |
“MUHTASHAM TRAVEL” MChJ | Namangan viloyati | 0% |
“EXPRESS PARVOZ” MChJ | Namangan viloyati | 0% |
Shu yilning 1-noyabridan Umra tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Endilikda turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining Umra xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi.
2023-yil 1-oktabrdan Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga safar qilish uchun elektron viza olishlari mumkin. Saudiya Arabistoni “E-visa”si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.