Sport va turizm Nodirbek Abdusattorov “Champions Chess Tour” turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Nodirbek Abdusattorov “Champions Chess Tour” turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Nodirbek Abdusattorov turnirni 3-o‘rin bilan yakunlagan holda 50 ming AQSh dollariga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov “Champions Chess Tour Finals” turniridagi ishtirokini yakunladi.
Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilgan turnirda Abdusattorov yarim finalgacha bo‘lgan bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Turnirning yarim finalidagi so‘nggi o‘yinni Nodirbek amerikalik Uesli Soga qarshi o‘tkazdi.
Final bosqichi uchun jangda O‘zbekiston vakili Uesli Soga mag‘lub bo‘ldi. Uesli finalda Magnus Karlsen bilan to‘qnash keladi.
Nodirbek Abdusattorov turnirni 3-o‘rin bilan yakunlagan holda 50 ming AQSh dollariga ega chiqdi. Turnirda 2-o‘rin uchun $100 ming, 1-o‘rin uchun $200 beriladi.