Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.T. va boshqalar fuqaro B.X.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro F.M.ni qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini tanishlari yordamida Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.