O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ta’limga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“2030 yilga qadar Namanganning birorta mahallasida bog‘cha muammosi qolmaydi. Buning uchun, 235 ta yangi bog‘cha quriladi va ta’mirlanadi, 1 mingdan ziyod xususiy bog‘cha tashkil qilinadi.
Biz kelgusi yetti yilda qo‘shimcha 100 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratamiz. Bunda, 28 ta yangi maktab va 232 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 268 tasi ta’mirlanadi.
Natijada, Namangandagi maktablarda 30 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi.
Viloyatdagi 11 ta maktab xalqaro standartlar asosida ixtisoslashgan maktabga aylantiriladi”, — dedi nomzod.