Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S-B.” MCHJ rahbari B.T. va boshqalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va eksportga yo‘naltirish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilmasdan naqd pulga sotib, ushbu mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.