O’zbekiston Qashqadaryoda tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo‘limlari tashkil etiladi

Qashqadaryoda tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo‘limlari tashkil etiladi

Qashqadaryoning Koson, Nishon, Qamashi, Kitob va Yakkabog‘ida tumanlararo endokrinologiya hamda kardiologiya bo‘limlari tashkil etiladi. Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

“Tibbiyot sohasida 37 ta poliklinika, 95 ta oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi, davolash o‘rinlari 12 mingtaga yetkaziladi.

Qarshi shahridagi tarqoq 5 ta shifoxona negizida “Ona va bola” klasteri barpo etiladi.

Nishon, Chiroqchi, Koson, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida zamonaviy tug‘ruq komplekslari quriladi (550 davolash o‘rni).

Kelgusi yillarda 800 nafar ehtiyojmand ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini davolash xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi”, – dedi nomzod.