O’zbekiston “Gaz zapravka”larida bosim pasayadimi?

“Gaz zapravka”larida bosim pasayadimi?

Energetika vazirligi “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi”da taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan vaqtincha bosim pasayishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Hurmatli fuqarolar, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda boʻlib, respublikamiz, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emasligini maʼlum qilamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga koʻp tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.