Sariosiyo tumanida sobiq harbiy qism binosi taʼmirlanib, uysiz xotin-qizlar boshpana bilan taʼminlandi.
Toʻliq taʼmirlangan 40 ta xonadon uy-joysiz, muqim yashash xonadoniga ega boʻlmagan, turmushidan ajrashgan, boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarga topshirildi.
Xonadon kalitlarini viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov topshirdi.