O’zbekiston O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bugun Qozog‘iston Parlamenti Senati qo‘mitasi raisi Askar Shakirov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Askar Shakirov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa yaxshi qo‘shnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan o‘ziing ijobiy munosabatini bildirdi. U, shuningdek, bo‘lajak siyosiy tadbirning muhimligiga eʼtibor qaratib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi.

Tomonlar muloqot davomida, shuningdek, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.